Bahor keldi
Qor eridi, ariqlar Shildirab oqa boshladi. Daraxtlar ham uyg'ondi, Kurtaklarini ochdi. Qaldirg'och uchib keldi, Uyasini tuzatdi. Olma gulladi, o'rik gulladi, Bog' hammaga ochildi. Men ham chiqdim hovliga, Yengil kurtkam egnimda. Bahor, sen kelding, yaxshi bo'ldi, Quvonch bor yuragimda.