← Foydali

Qo'llarimni yuvaman

Suv oqadi shildirab, Sovunni oldim, ko'pirtirdim. Kaftlarim, barmoqlarim, Hammasini ishqaladim. Bir, ikki, uch, to'rt, besh — Hech joyni qoldirmayman. Toza qo'llar — sog'lom bola, Mikroblardan qo'rqmayman. Maslahat. Qo'l yuvayotganda shu she'rni birga ayting — bola she'r tugaguncha kaftlarini sinchiklab ishqalaydi.